QARO'ZBРУСENG

KAIST da ta’lim olish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tenologiyalar universiteti hamda Korea ilg’or fan va texnologiyalar instituti (KAIST) bilan o’zaro Anglashinuv memorandumiga asosan 2018 yil kuzgi semestrdan talabalar almashinuvi dasturi (Exchange Program) asosida bakalavr hamda magistraturada ta’lim olayotgan talabalar KAIST da ta’lim olish uchun hujjat topshirishi mumkin. Hujjat topshirish uchun quyidagi talablarni ma’lum qilamiz:

• Bakalavr yo’nalishidagi talabalar 3 bosqich bo’lishi lozim

• Magistrlar 1 bosqich bo’lishi lozim

• Talabaning fanlarning o’zlashtirish darajasi 80% dan yuqori bo’lishi lozim

• Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat IELTS 6.0 dan past bo’lmasligi shart

Hujjatlarni topshirish muddati: 15 mart 2018 yil Xohlovchilar TATU A-bino 230-xona Xalqaro aloqalar bo’limiga hujjatlarni taqdim etishingiz so’raladi

Telefon: 235-09-00;

E-mail: interdep@tuit.uz