QARO'ZBРУСENG

“INNOWEEK” da filial talaba yoshlarining loyixalari taqdim etildi

Xabaringiz bor Toshkent shaxrida “O’zekspomarkaz”da xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “INNOWEEK” innovatsion g’oyalar haftaligi bo’lib o’tmokda.

Mazkur innovatsion g’oyalar haftaligida TATU Nukus filial talaba yoshlari D.Konarbaev «Kalpoqcha», A.Urazbaev «Mini car» J.Dauletnazarov «Aqilli uy» D.TSelikov «Aqilli zamok»  loyixalari bilan ishtirok etmoqda.

Malumot sifatida shuni takidlashimiz zarurki, xalqaro forumda joriy yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, hududlarda joriy etilgan innovatsiyalar va kelajakdagi aniq istiqbollari, 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi mohiyatini ommaga etkazish va O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ilg’or mamlakati qatoriga kirishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha muhokama bo’lib o’tadi. 

TATU Nukus filiali Matbuot xizmati