Bugun TATU Nukus filialida fizika-matematika fanlari doktori, professor Qahar Abdurahmanov va fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Nodira Ahmedovalar tomonidan 1-kurs talaba yoshlari uchun "Doimiy tok qonunlari" mavzusida maxsus dars tashkillashtirildi. Shuningdek, dars doirasida TATU professor- o'qituvchilari tomonidan yangi kredit ta'lim tizimining abzalligi va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Albatta bunday maxsus darslar yangi tajribalar almashishda katta ahamiyat kasb etadi.
Maxsus darsda talabalar mavzuga oid savollariga to'liq javoblar oldi.
TATU Nukus filiali Matbuot xizmati